AsosiyBu qiziq

Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” 5 may kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

Respublika bo'ylab shamol kuchayadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o'zgaruvchan bo'ladi. 6–8 may kunlari ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi mumkin, 9–13 may kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 6–8 may kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6–7 may kunlari 17–22°, 8–10 mayda 13–18° gacha pasayadi, 11–13 mayda 15–20° bo'ladi. Kunduzi 6 mayda 30–35°, 7–9 mayda 25–30°, 10–13 mayda 28–33° bo'lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o'zgaruvchan bo'ladi, asosan yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat 8 may kuni ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 7–8 may kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to'zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 6 va 8 mayda 30–35°, 7 mayda 32–37°, 9–13 may kunlari 28–33° bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo o'zgaruvchan bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat 8–10 may kunlari ayrim joylarda yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 8 may kuni ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to'zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20°. Kunduzi 6 mayda 28–33°, 7–8 mayda 30–35°, 9–10 mayda 25–30°, 11–13 mayda 27–32° bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 8 may kuni ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to'zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6 mayda 15–20°, 7–13 may kunlari 17–22°. Kunduzi 6–8 mayda 33–38°, 9–13 may kunlari 30–35° bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari

Havo o'zgaruvchan bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat 10–11 may kunlari ayrim joylarda yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–7 mayda 13–18°, 8–13 may kunlari 15–20°. Kunduzi 6 mayda 28–33°, 7–8 mayda 30–35°, 9 mayda 27–32°, 10–13 may kunlari 25–30° bo'ladi.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlari

Havo o'zgaruvchan bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat 8–11 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 6 mayda 17–22°, 7–8 mayda 20–25°, 9–10 mayda 15–20°, 11–13 may kunlari 17–22° bo'ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.05.2026 11:19

    Dollar kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.05.2026 02:42

    Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi

    "Ўзгидромет" 4 may, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 03.05.2026 03:03

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 02.05.2026 03:01

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Dollar kursi oshdi'ning rasmi

    Bu qiziq 01.05.2026 11:15

    Dollar kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Dollar kursi yana pasaydi'ning rasmi

    Bu qiziq 30.04.2026 11:16

    Dollar kursi yana pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.