AsosiyDunyo

Braziliyalik ayol aeroportda 10 kg kokain bilan qo‘lga olindi

42 yoshli ayol narkotik moddalarni o‘zining shaxsiy bagajida yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

'Braziliyalik ayol aeroportda 10 kg kokain bilan qo‘lga olindi'ning rasmi

Braziliyalik 42 yoshli ayol xalqaro aeroportda jinoyat ustida ushlandi. U San-Paulu shahridan Shveytsariyaga yoʻl olayotganida katta miqdordagi kokainni noqonuniy ravishda olib oʻtishga uringan. Mazkur voqea huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jiddiy qonunbuzarlik sifatida baholanmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi narkotik moddalarni oʻzining shaxsiy bagajida yashirgan holda olib chiqishni rejalashtirgan. Biroq aeroportdagi zamonaviy nazorat tizimi va rentgen apparati bu holatni darhol aniklab berdi. Tekshiruv jarayonida undan jinoyatni isbotlaydigan dalillar topildi va ayol shu zahoti qoʻlga olindi.

Avvalgi tekshiruvlar davomida, 2 avgust kuni, uning bir chemadanida maxsus ravishda bir necha yubkalar orasiga yashirilgan 5 kilogramm kokain moddasi topilgan edi. Ammo bu bilan ish tugamadi. Keyingi kuni politsiya xodimlari ikkinchi chemadanni ham qidiruvdan oʻtkazib, yana 5 kilogramm miqdordagi narkotik moddani qoʻlga kiritishdi.

Shunday qilib, jami 10 kilogramm kokain hujjatsiz va yashirin holda tashib oʻtilmoqchi boʻlgani oshkor qilindi. Bu holat nafaqat jinoyatning kўlamini, balki uning qanchalik xavfli va tashkilotli yoʻl bilan amalga oshirilganini ham koʻrsatadi.

Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish idoralari ayolga nisbatan tegishli chorani koʻrmoqda. Unga nisbatan qonuniy tergov ishlari olib borilmoqda va maxsus tartibda deportatsiya qilish jarayoni boshlab yuborilgan. Shu orqali uni oʻz yurtiga qaytarish va qonun oldida javobgarlikka tortish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:03

    Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi

    Hozirda ikki kishi og‘ir ahvolda bo‘lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.

    'Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:20

    Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi

    Odessa dagi terminalga dronlar bilan zarba berildi — barcha rezervuarlar shikastlangan.

    'Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:55

    Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi

    Yangi bo‘linma Mudofaa vazirligida “jarayonlarni optimallashtirish va mudofaa salohiyatini kuchaytirish”ga xizmat qiladi.

    'Berlin: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari markaziy masala boʻlishi kerak'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:16

    Berlin: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari markaziy masala boʻlishi kerak

    Germaniya tashqi ishlar vazirining aytishicha, Ukraina tinchlik shartnomasi imzolanganidan keyin ham o‘zini himoya qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.

    'Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:12

    Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?

    Melaniya Trump xatda rossiyaliklar tomonidan o‘g‘irlangan ukraina bolalari haqida so‘z yuritgan.

    'Putin urushni to‘xtatish evaziga Ukrainedan nima talab qilmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:02

    Putin urushni to‘xtatish evaziga Ukrainedan nima talab qilmoqda?

    Rossiya prezidenti shartlar roʻyxatini eʼlon qildi — Qrim tan olinishi, NATOdan voz kechish va sanktsiyalarni yumshatish talab qilinmoqda.