AsosiySiyosat

Trump 22 avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Rossiya rahbari Trumpning tashabbusiga hali aniq javob bermagan.

'Trump 22 avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump 22 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Axios nashri ikki manbaga asoslanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Trumpning bu tashabbusi Putin va Zelenskiy bilan o‘tkazilgan telefon muloqotlari orqadan ilgari surilgan. Biroq Kreml hozircha uchrashuv o‘tkazishga qat’iy rozilik bildirmagan.

Reuters’ning qayd etishicha, Zelenskiy Donetsk viloyatini Rossiyaga berish shartini rad etgan. Putin esa Trump bilan muloqot chog‘ida Ukrainaga "havfsizlik kafolatlari"ni muhokama qilishga tayyorligini bildirgan, ammo bunda Xitoyni ham kafil sifatida ko‘rishni taklif qilgan.

Axios manbalari ta’kidlaganidek, Rossiya prezidenti tinchlikka oid shart sifatida Ukrainaning sharqiy hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilmoqda. U Donetskdan qo‘shinlar chiqarilishi evaziga Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi hujumlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga, Trump 18 avgust kuni Oq uyda Zelenskiy bilan uchrashuv rejalashtirilgani va unga Yevropa davlatlari rahbarlari ham taklif etilgani ma’lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar