Yevropa Ittifoqi etakchilari prezidentlar Vladimir Putin va Donald Trumpning Alyaskadagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
Yevropa Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishda davom etadi.
Kiyev "temirdan yasalgan xavfsizlik kafolatlarini" olishi va hudud bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi kerak.
Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga integratsiyalashuviga to‘sqinlik qilmasligi kerak; Ukraina qurolli kuchlari uchun cheklovlar ham qabul qilinishi mumkin emas.
Yevropalik siyosatchilar Oq uy rahbari va Vladimir Zelenskiy bilan Moskva, Vashington va Kiyevning uch tomonlama sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga tayyor.
Ular Trumpning tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.
Bu bayonot Frantsiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Polsha, Portugaliya va Yevrokomissiya rahbariyati tomonidan tayyorlangan.