AsosiyDunyo

Lavrov Alyaskada "SSSR" yozuvi tushirilgan sviterda paydo bo‘ldi

Jurnalistlar Lavrovdan Alyaskaga ilk marotaba kelayotgan-kelmayotgani haqida so‘rashdi.

'Lavrov Alyaskada "SSSR" yozuvi tushirilgan sviterda paydo bo‘ldi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Alyaska shtatiga tashrifi chog‘ida "SSSR" yozuvi tushirilgan sviter kiyib, jurnalistlar nigohiga tushdi. Uning bu obrazdagi chiqishi e’tiborli voqeaga aylandi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibida Alyaskadagi AQSh–Rossiya muzokaralarida ishtirok etayotgan Sergey Lavrov Ankorij shahridagi mehmonxonaga "SSSR" yozuvi tushirilgan qora sviterda kirib kelgani aks etgan video "Izvestiya" tomonidan e’lon qilindi.

Jurnalistlar Lavrovdan Alyaskaga ilk marotaba kelayotgan-kelmayotgani haqida so‘rashdi. U avval ham bu yerda bo‘lganini aytdi, ammo "bu yer yo‘qdimi?" degan savolga javob bermadi.

Ma’lumot uchun, bugun, 15 avgust kuni Vladimir Putin va Donald Trump Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashmoqda. Dastlab prezidentlar yakka-yakka mulokat qiladi, keyinroq delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirilgan muzokaralar va ishchi nonushta bo‘lib o‘tadi.

Rossiya delegatsiyasida Lavrovdan tashqari, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Moliya vaziri Anton Siluanov hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha vakil Kirill Dmitriyev bor.

Muzokaralar markazida Ukraynadagi harbiy mojaroni tugatish, xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash masalalari turi

    Boshqa yangiliklar