AsosiyJamiyat

Noqonuniy diniy taʼlim uchun javobgarlik joriy qilinishi aytildi

Voyaga yetmaganlarga noqonuniy va diniy tashkilotlarning ruxsatisiz diniy ta’lim berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

'Noqonuniy diniy taʼlim uchun javobgarlik joriy qilinishi aytildi'ning rasmi

Prezident mamlakatda voyaga yetmagan shaxsga maxsus ma’lumotsiz va diniy tashkilotning ruxsatisiz diniy bilim berganlik uchun  jinoiy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Jinoyat kodeksining 229-2-moddasiga (diniy ta’limotlarni o‘qitish tartibini buzish) o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonunga ko‘ra, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan, diniy tashkilot markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz, diniy bilimlarni xususiy o‘qitgani uchun javobgarlik joriy etiladi.  

Mazkur jinoyat BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hozirgi kunda fuqarolarga, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga diniy ta’limotlarni o‘rgatish tartibini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 kungacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar