AsosiyDunyo

AQShdagi zavodda kuchli portlash roʻy berdi

Hodisa ortidan ikki kishi halok bo‘lib, kamida 10 kishi jarohat olgan.

'AQShdagi zavodda kuchli portlash roʻy berdi'ning rasmi

"Clairton Coke Works" zavodida mahalliy vaqt bilan soat 10:51 da yirik portlash sodir bo‘ldi. Voqea AQShning Pensilvaniya shtatida, U.S. Steel kompaniyasiga qarashli korxonada ro‘y berdi. Katta portlash bir nechta kichik portlashlar bilan hamroh bo‘lgan.

AR xabar berishicha, bir ishchi portlashdan so‘ng bir necha soat o‘tib vayronalar ostida tirik holda topilgan.

Jarohatlanganlardan besh nafari shifoxonadan chiqarilgan, qolganlari og‘ir tan jarohatlari va kuyishlar bilan davolanmoqda. Kompaniya hozirda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

    Boshqa yangiliklar