AsosiyJamiyat

Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?

“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

'Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?'ning rasmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonni qabul qildi.

Unga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran yuqorida aytib oʻtilganidek xodimlari 50 nafargacha boʻlgan xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yagona milliy mehnat tizimi (YMMT)da biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi.

"Havfni tahlil qilish" tizimining tahlil natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar