AsosiyDunyo

Xitoyda ilgari qayd etilmagan virus shiddat bilan tarqalmoqda

Mamlakatda virus bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi.

'Xitoyda ilgari qayd etilmagan virus shiddat bilan tarqalmoqda'ning rasmi

Xitoy hukumatı hasharotlarga qarshi kurashish uchun dorilar sepmoqda va dronlarni ishga solmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Eng koʻp kasallanish holatlari Foshan shahrida qayd etilgan. Bu Xitoy tarixidagi eng keng koʻlamli chikungunya tarqalishi sifatida baholanmoqda. Kasallik isitma va boʻgʻimlardagi ogʻriq bilan birga namoyon boʻladi.

"Eʼtiborli jihati shundaki, chikungunya Xitoyning materik qismida ilgari hech qachon qayd etilmagan edi. Bu aholining aksariyatida oldindan immunitet yoʻqligini koʻrsatadi, bu esa virusning tez tarqalishiga imkon beradi", - deydi Oksford universiteti olimi.

Kuchli yogʻingarchilik va yuqori harorat Xitoydagi vaziyatni yanada murakkablashitrdi. Rasmiylar dronlardan foydalanib, chivinlar tuxum qoʻyadigan turʻun suvlarni aniqlashga harakat qilmoqda. Rasmiylar tashqaridagi suv idishlarini boʻshatmagan odamlarni jarimaga tortish bilan ogohlantirgan. Aholi 10 ming yuan (1,4 ming dollar) gacha jarimaga tortilishi va elektr taʼminotidan uzilishi mumkin.

Aholi chivinlardan himoyalanish uchun toʻr va boshqa vositalardan foydalanmoqda. Virusga chalingan bemorlar kamida bir hafta shifoxonada qolmoqda.

Avvaliga virus sababli ikki haftalik uy karantini joriy etilgan edi, biroq keyinchalik u kasallik odamdan-odamga yuqmasligi sabab bekor qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pentagonda havotir kuchaydi: Eron mojarosi haftalab cho‘zilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:19

    Pentagonda havotir kuchaydi: Eron mojarosi haftalab cho‘zilishi mumkin

    AQSH Mudofaa vazirligida Eron bilan bog'liq keskinlik spiral shaklida kuchayib, uzoq davom etadigan to'qnashuvga aylanishi mumkinligidan havotirlar ortmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:58

    'AQSH Eronga qarshi zarbalarni kamaytirmoqchi emas'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:20

    AQSH Eronga qarshi zarbalarni kamaytirmoqchi emas

    AQSh harbiylari Eronga qarshi keng koʻlamli operatsiyani davom ettirmoqda va zarbalarni yumshatish rejalashtirilmayapti.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:01

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:13

    'AQSh va Isroildan Eron boʻyicha keskin bayonot'ning rasmi

    Dunyo 01.03.2026 17:45

    AQSh va Isroildan Eron boʻyicha keskin bayonot

    AQSh va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyat fonida jamoat e'tiborini tortgan bayonotlar bilan chiqish qildi.