AsosiyDunyo

Hindistonda tug‘ruq paytida chaqaloqning qo‘li uzilib tushdi

Komissiya voqeani Hindiston Konstitutsiyasining va BMTning "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi konvensiyasining qo‘pol buzilishi sifatida baholamoqda.

'Hindistonda tug‘ruq paytida chaqaloqning qo‘li uzilib tushdi'ning rasmi

Hindistonda shifokorlar beparvoligi sabab tug‘ruq paytida chaqaloqning qo‘li butunlay uzib yuborildi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Hodisa 30 iyul kuni Haryana shtatining Mandikhera shahridagi davlat shifoxonasida yuz berga. Jabrlangan oila tibbiy jamoadan tushuntirish so‘raganida, ularga qo‘pol muomala qilinib, haqoratli so‘zlar aytilgan.

Shundan so‘ng ular majburan palatadan chiqarib yuborilgan. Chaqaloq esa keyinchalik Nalhar shifoxonasiga yuborilgan.

Voqeani o‘rganish uchun maxsus komissiya ish boshlagan. U tug‘ruq vaqtida xonada bo‘lgan shifokorlar va hamshiralar haqida to‘liq ma’lumot to‘plamoqda. Komissiya chaqaloqning qo‘li qanday uzilib ketgani, bolaga ko‘rsatilgan davolash va reabilitatsiya choralari, o‘tkazilgan ichki yoki idoraviy tekshiruv natijalari hamda jabrlanuvchi oilaga nisbatan qo‘pol muomala yuzasidan izoh talab qilmoqda.

Komissiya voqeani Hindiston Konstitutsiyasining va BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasining qo‘pol buzilishi sifatida baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar