Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak Parijdagi Abadiy olov — Birinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik oldida sigaret yoqayotgani aks etgan. Bu holat jamoatchilikda keskin norozilikka sabab bo‘ldi.
5 avgust kuni Frantsiya Ichki ishlar vazirligi gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganini va u qilgan ishini tan olganini ma’lum qildi. Frantsiya hukumatining qoshidagi faxriylar ishlari bo‘yicha vakil Patricia Miralles bu harakatni "Frantsiya xotirasiga qilinadigan tahqir" deb baholadi.
Le Figaro nashrining yozishicha, videoni Latviyalik sayyoh TikTok’ga joylagan. Uning aytishicha, erkak hushyor bo‘lgan va qilayotgan ishidan faxrlangandek ko‘ringan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.