AQSh va Rossiya prezidentlari Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Pekinga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi.
“Men 1— 6 sentabr kunlari Xitoyda bo‘laman. Hozirgina menga Rossiya prezidenti ham o‘sha yerda bo‘lishi mumkinligini aytishdi, ehtimol, u yerda Putin bilan uchrashaman. Trump ham Xitoyga borishi mumkinligini eshitdim, lekin bu aniq emas.
3 sentabr kuni Si Szinpin kechi ovqat uyushtiradi va u yerda hammamiz bo‘lishimiz kerak. Menga, shuningdek, 5 sentabr kuni Xitoyda dunyodagi yirik davlatlatdan birining yetakchisi bilan ham kechi ovqat uyushtirilishi rejalashtirilganini aytishdi. Shu sababli, menan 5 sentabrgacha qolishimni so‘rashdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan hozircha bu yetakchi kim ekanligi ochiqlanmayapti”, — dedi Vuchich jurnalistlar bilan suhbatda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trump Xitoyga borishi mumkinligini tasdiqlagandi.