Xitoy hukumati mamlakatda so‘nggi yillarda mamlakatda tug‘ilish darajasi kamligi hisobiga, tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida “ona kapitali”ni joriy etdi. Bu haqda xitoyning “Sinxua” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi har yili mazkur kapital 20 milliongacha oilani qamrab olishi rejalashtirilgan. Hukumat 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yiliga 3600 yuan (taxminan 500 AQSH dollari) berishini aytgan. Mazkur to‘lov 2022 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan yillarda tug‘ilgan oila farzandlari uchun mo‘ljallangan.
“Bu to‘lovlar tug‘ilish darajasi yoki iste’mol hajmiga qisqa muddatda jiddiy ta’sir qilmaydi. Biroq bu siyosat aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul ajratish borasida muhim burilish nuqtasi bo‘lib, kelajakda budjet transfertlarini ko‘paytirish uchun asos yaratishi mumkin”, — deydi iqtisodchi Zichun Xuan.
Ma’lumot uchun, aholining haddan tashqari ko‘payishini cheklash maqsadida Xitoy hukumati 1979 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida “har bir oilaga bitta bola” siyosati amalga oshirgan. Qishloq hududlarida ikkinchi farzandni dunyoga keltirgan oilalar ijtimoiy yordamdan mahrum qilingan.