AsosiyDunyo

Grammy sovrindori Siara Benin fuqarosi bo‘ldi

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Siara G‘arbiy Afrikadagi Benin davlatidan fuqarolik oldi.

'Grammy sovrindori Siara Benin fuqarosi bo‘ldi'ning rasmi

AQSHlik mashhur qo‘shiqchi Siara G‘arbiy Afrikadagi Benin davlatidan fuqarolik oldi. Bu unga yangi “Afro ildizlarim” qonuni asosida berildi. Ushbu qonun Atlantika qul savdosi tufayli vatandan ajralganlarning avlodlariga fuqarolik olish huquqini beradi.

Siara Instagram’da: “Benin, meni bag‘ringga olganing uchun tashakkur. Bu men uchun sharaf,” — deb yozdi.

Pop yo‘nalishidagi “Goodies” va “1, 2 Step” kabi xitlari bilan tanilgan Siara fuqarolikni poytaxt Kotonu shahridagi rasmiy marosimda qabul qildi.

Benin hukumati bu qadamni “ruhiy va tarixiy qadam, ildizlarga qaytish” deya izohladi.

Benin bu qonun orqali dunyo bo‘ylab afrikalik avlodlar bilan aloqani mustahkamlash, madaniy turizmni rivojlantirishni maqsad qilgan. O‘tgan hafta rejissyor Spike Lee va rafiqasi mamlakatning AQSHdagi elchilari etib tayinlangandi.

Tarixda Beninning qirg‘og‘i “Qullar sohillari” deb atalgan — XVIII asrda u yerdan bir milliondan ortiq afrikalik qullar AQSH, Karib havzasi va Braziliyaga olib ketilgan.

    Boshqa yangiliklar