AsosiyDunyo

Sanksiyalar ostidagi Matviyenko Jenevada nutq so‘zladi: Kiyevni tanqid qildi, Donbassga taklif berdi

U forum minbarida chiqish qilib, Ukraina rasmiylarini Donbassdagi tinch hududlarga hujum uyushtirganlikda aybladi.

'Sanksiyalar ostidagi Matviyenko Jenevada nutq so‘zladi: Kiyevni tanqid qildi, Donbassga taklif berdi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Jenevada bo‘lib o‘tgan ayol spikerlar xalqaro sammitida ishtirok etdi. U forum minbaridan chiqish qilib, Ukraina rasmiylarini Donbassdagi tinch hududlarga hujum uyushtirganlikda aybladi.

Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “qon to‘kilishini to‘xtatish” maqsadida mojaro hududiga aralashishga majbur bo‘lgan. U G‘arb davlatlarini “axborot urushi” olib borayotganlikda va “antirussiya ritorikasi”ni kuchaytirayotganlikda ayblab, sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Shuningdek, xorijiy yetakchilarni Donbassga tashrif buyurishga taklif qildi.

TASS agentligining yozishicha, Matviyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga senatorlar Konstantin Kosachyov, Liliya Gumerova, Andrey Denisov hamda Davlat Dumasi deputatlari Pyotr Tolstoy va Leonid Slutskiy kirgan.

Shveytsariya OAVlariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan delegatlar uchun alohida ruxsatnomalar berilgan. Eslatib o‘tamiz, bu shaxslar Shveytsariya va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41

    'Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 04:46

    Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди

    Isroil hujumlarida halok bo'lgan yuqori lavozimli amaldor ortidan Eron keskin bayonot berdi.

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.