AsosiyDunyo

Germaniyada poyezd relsdan chiqib ketishi ortidan 34 nafar yo‘lovchi jiddiy jarohatlandi

Ushbu mudhish voqea ortidan 3 kishi halok bo‘lgan.

'Germaniyada poyezd relsdan chiqib ketishi ortidan 34 nafar yo‘lovchi jiddiy jarohatlandi'ning rasmi

Germaniyaning janubida, Zigmaringen–Ulm yo‘nalishida harakatlanayotgan 55-raqamli yo‘lovchi poyezdi avariyaga uchradi. Hodisa Ridlingen va Munderkingen o‘rtasidagi temiryo‘l uchastkasida sodir bo‘ldi.

Mahalliy rasmiylar xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, 34 nafari tan jarohati olgan, ularning 3 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Aniqlanishicha, poyezdning old qismi chap tomonga og‘ib, relsdan chiqib ketgan. Vagonlar taxminan 5 metr balandlikka ko‘tarilib, daraxtlarga urilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga sabab — kuchli yomg‘irdan keyin relslar ustiga ko‘chki tushgan. Shu sababli ushbu temiryo‘l uchastkasida harakat to‘xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar