AsosiyDunyo

Netanyaxu zaharlandi

Isroil Bosh vazirga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

'Netanyaxu zaharlandi'ning rasmi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ovqatdan zaharlanib, shifokorlar tashxisiga ko‘ra, unda ichak yallig‘lanishi va jiddiy suvsizlanish aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar uni keyingi uch kun davomida uyida qolishni va faqat masofadan ishlashni tavsiya etgan. Hozirda Netanyaxuga tomir orqali suyuqlik yuborilmoqda.

Bu holat fonida uning ish jadvali vaqtincha o‘zgartirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir o‘zini yaxshi his qilmayotganiga qaramay, vazifalarini bajarishda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar