AsosiySalomatlik

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi

Kasallikning O‘zbekistonga ta’siri qanday? Infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

'Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi'ning rasmi

Tojikiston va Qozog‘istonda hayvonlarning kuydirgi bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. Kasallik O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish uchun chegaralarda tekshiruv o‘tkaziladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Farhod Qurbonbekov ma’lum qildi. 

Farhod Qurbonbekovning aytishicha, respublikada kasallikning oldini olish uchun gumon qilingan holatlar yuzaga kelganda tashxislash, davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, kasallik o‘choqlarida tuproqdan namunalar olib, laboratoriya sharoitida doimiy nazorat joriy etiladi. 

“Kasallik mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida 55 ta chegara punktidan o‘tuvchilar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Punktlarda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun o‘tkazilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan”, degan mutaxassis.

Kuydirgi (Sibir yarasi) – Bacillus anthracis bakteriyasi sababli yuzaga keladi. Xavfli infeksiya asosan hayvonlardan yuqadi va o‘ta yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.

Organizm infeksiya bilan zaharlangach, bezgak tutadi, teri, o‘pka va ichaklar zararlanadi. Kuydirgi bilan barcha turdagi hayvonlar hamda odamlar kasallanishi mumkin. Odamlarga kasallik ko‘proq kuydirgi kasalligiga chalingan hayvonlardan yuqadi. Kasal hayvonni parvarishlash, so‘yish, yaxshi termik ishlov bermasdan iste’mol qilish infeksiya yuqishiga olib keladi.

Kuydirgi kasalligi aksariyat hollarda teri shaklida uchraydi. Bunda bemor tibbiy muolajalar olib, asoratsiz sog‘ayadi. Kasallikning septik, ichak va o‘pka shakllari ham mavjud bo‘lib, juda og‘ir kechadi va odatda o‘lim bilan tugaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 25.11.2025 01:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 09:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 13:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.11.2025 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 17:07

    'Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST'ning rasmi

    Salomatlik 14.11.2025 11:31

    Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST

    O'tgan yili dunyo bo'yicha 8,3 million kishiga ushbu kasallik tashxisi qo'yilgan, ulardan 1,2 million nafari hayotdan ko'z yumgan.