AsosiyJamiyat

Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in yuz berdi

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

'Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in yuz berdi'ning rasmi

Kecha, 10 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 19:32 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kichik Chimyon tog‘ida quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:38 da yetib borib, 19:55 da o‘rab olingan va soat 20:25 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Holat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar