AsosiyDunyo

Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda

Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari grantlar shaklida yuborish bo‘yicha ketyapti.

'Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda'ning rasmi

Yevrokomissiya Ukrainaga ko‘mak berishning turli yo‘llarini muhokama qilmoqda. Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari grantlar shaklida yuborish, 50 milliard dollarlik kredit ajratish va Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish haqida bormoqda.

Ukrainaning 2026-yilgi budjetida kamida 19 milliard yevrolik teshik yuzaga kelgan. Sabab – investorlar va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi urush 2025 yilda yakunlanadi, degan umidda moliyaviy rejalarni tuzgan edi.

Ammo real vaziyat bunga mos emas: urush davom etmoqda, mablag‘lar esa kamaymoqda.

“Endi ko‘pchilik xarajatlarni qayta hisoblashga majbur. Har qanday ssenariyda moliyaviy teshik yuzaga chiqadi”, – deydi Ukrainadagi muzokaralarda ishtirok etayotgan Yevroittifoq rasmiysi, Financial Times nashri yozishicha.

    Boshqa yangiliklar