AsosiyDunyo

Rossiyada parvozlar izdan chiqdi

Mamlakatda bir kunda 393 reys bekor qilingan.

'Rossiyada parvozlar izdan chiqdi'ning rasmi

Kecha, 6 iyul kuni kechqurun Rossiyaning yirik aeroportlarida parvozlar jiddiy izdan chiqdi. Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorodda umumiy hisobda 393 ta reys bekor qilingan yoki kechiktirilgan.

Sheremetyovoda 171 ta reys bekor qilindi, 56 tasi ikki soatdan ortiq kechikmoqda. 18:00 dan 21:00 gacha 76 ta samolyot parvozni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Terminalda hozirda 15 ming yo‘lovchi navbatda.

Pulkovo (Peterburg): 90 ta reys bekor qilindi, 37 ta kechikmoqda.

Nijniy Novgorod: 26 ta reys bekor qilingan, 13 ta kechikmoqda. Bu aeroport eng ko‘p to‘xtalishlarga duch kelgan.

Rossiya Transport vazirligi holatni “boshqariladigan” deb atadi va aviasozlik tizimi “tashqi aralashuvlarga” bardosh berayotganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar