Kecha, 6 iyul kuni AQSH Federal saylov komissiyasiga yangi siyosiy kuch — America Party(Amerika partiyasi)ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy ariza topshirildi. Partiya nomzodi sifatida milliarder Elon Mask ko‘rsatilgan, g‘aznachi esa Tesla moliyaviy direktori, hindistonlik Vaybkhav Tanedja.
Ariza fonida Mask ijtimoiy tarmoq X’da o‘tkazgan so‘rovnoma turibdi — 1,3 million foydalanuvchining 65 foizi ikki partiyali tizimdan mustaqil bo‘lish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Bundan tashqari, Federal komissiya bazasida X, DOGE va National Committee of America Party nomli yangi siyosiy tashkilotlar haqida ham yozuvlar paydo bo‘ldi. Biroq bu hujjatlarda Maskning o‘zi ko‘rsatilmagan.
Biroq Mask hozircha partiya tuzish bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.