AsosiyJamiyat

Samarqandda inspeksiya xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

U 2500 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.

'Samarqandda inspeksiya xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

DXX xabariga ko‘ra, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Paxtachi tumanidagi MCHJlardan biriga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganligini aytadi. 

So‘ngra, u o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 000 AQSH dollari talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bu uddaburon bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.

    'Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:00

    Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi

    Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.

    'Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 11:28

    Dollar ketma-ket to‘rt kun ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.