AsosiyJamiyat

Andijonda ayolning jasadi qonga belangan holda yotgani aytilmoqda

Darakchi.uz tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Bosh prokuraturaga savol yubordi.

'Andijonda ayolning jasadi qonga belangan holda yotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida o‘rta yoshlardagi ayolning qonga belangan holda jasadi yotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Rasmiy bo‘lmagan manbalarda keltirilishicha, voqea Andijon shahar 3-mikrorayonda kuzatilgan.

Biroq ayol ko‘p qavatli xonadonlarning tepasidan pastga yiqilganmi yoki kimdir qasddan o‘ldirganmi bu bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

D.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, holat o‘rganilmoqda.

Bundan tashqari D.uz’ning Andijon viloyatidagi muxbiri holatni o‘rganmoqda. Tez orada voqea yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar