AsosiyJamiyat

Surxondaryoda yirik bosimli nasos yorilib ketdi

Oqibatda yuqori bosimli suv otilishi kuzatilgan.

'Surxondaryoda yirik bosimli nasos yorilib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yirik hajmli nasos quvuri yorilib ketgani hamda undan juda ko‘p miqdorda suv otilib chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi munosabat bildirdi.  

Hokimlikning ma’lum qilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni soat 12:50 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Bobotog‘” nasos stansiyasining 1-kollektori 7-uchastkasida diametri D-2850 millimetr bo‘lgan quvurda yorilish holati yuzaga kelgan. Oqibatda yuqori bosimli suv otilishi kuzatilgan.

Holat yuzasidan zudlik bilan dastlabki choralar ko‘rilgan. Qayd etilishicha, 1-kollektordagi 3 ta nasos agregati faoliyati favqulodda to‘xtatilgan. Shundan so‘ng maxsus tezkor brigada hodisa joyiga yetkazilib, ta’mirlash ishlari olib borilgan. Soat 21:00 da ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan va 21:20 da nasos agregatlari qayta ishga tushirilgan.

Bildirilishicha, yuzaga kelgan holat oqibatida yaqin atrofdagi aholi xonadonlari hamda nasos stansiyasi inshootlariga hech qanday ziyon yetmagan.

“Hozirgi vaqtda nasos agregatlari odatdagi ish tartibida faoliyat yuritmoqda”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chak Norris vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:55

    Chak Norris vafot etdi

    Aktyor, jang san'ati ustasi va butun bir jang kinosi davri ramzi bo'lgan Chak Norris hayotdan ko'z yumdi.

    'Трамп депортация сиёсатида йўналишни ўзгартирмоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    'Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:46

    Guterriş: Yaqin Sharqdagi mojarolarni to‘xtatish AQShning siyosiy irodasiga bog‘liq

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh tomonlarni mojaroni yumshatishga chaqirdi.

    'Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:00

    Toshkentda bayram kuni transport oqimi yuqori: 500 mingdan ortiq avtomobil shaharni tark etdi

    Bu yuqori transport oqimi Ramazon hayiti bayrami va dam olish kunlari munosabati bilan aholining ommaviy ravishda shahardan chiqishi bilan bog‘liq.

    'Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 13:03

    Boylik emas, baxt muhimroqmi? Dunyo reytingida kutilmagan natijalar

    2026 yilgi Jahon baxti hisobotida yana shimoliy davlatlar yetakchilikni qo‘lga oldi.

    'Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2026 12:48

    Bodrumda o‘zbekistonlik ayolga tajovuz qilindi

    Туркиянинг Бодрум шаҳрида 36 ёшли Ўзбекистон фуқароси икки нафар эркак томонидан жинсий тажовузга учрагани хабар қилинди.