AsosiyJamiyat

Toshkentda xonadon yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda xonadon yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 29 iyun kuni Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot  xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in kechki soat 21:44 da  tumanning 19-mavzeda joylashgan 11-uydagi xonadonlarning birida, yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 21:55 da yetib borib, yong‘in soat 22:02 o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar