AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida fuqaro kanalga tushib ketdi

FVV xodimlari fuqaroni qutqarib qolishgan.

'Toshkent viloyatida fuqaro kanalga tushib ketdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, kecha, 27 iyun kuni soat 13:36 da Toshkent viloyati FVBga 112 tizimi orqali Qibray tumani “GES Qodiriya” MFY “Mustaqillik” ko‘chasidan oqib o‘tgan “Bo‘zsuv” kanaliga fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.

    Boshqa yangiliklar