AsosiyDunyo

Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi

Xorijiy aviatashuvchilar Tojikiston kompaniyalari reyslari soniga teng miqdordagi reyslarni amalga oshirishlari mumkin edi. Endi bu qoida bekor qilindi.

'Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi'ning rasmi

Tojikistonda respublikada “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi. Bu bilan xorijiy aviakompaniyalarga mahalliy aviatashuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan reyslar sonidan qat’i nazar, parvozlar chastotasini oshirish huquqi berildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib, “Avesta.tj” xabar berdi.

Ilgari respublikada amal qilgan qoidaga ko‘ra, paritet prinsipi o‘rnatilgan edi. Ya’ni, xorijiy aviatashuvchilar Tojikiston kompaniyalari reyslari soniga teng miqdordagi reyslarni amalga oshirishlari mumkin edi. Endi bu qoida bekor qilindi.

Bundan tashqari, hukumat qarori doirasida havo kemalarining turi, tashuvchilar soni, tariflar va yo‘nalishlar tarmog‘iga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilindi. Qayd etilishicha, allaqachon pretsedent mavjud. Turkish Airlines yangi qoidalardan unumli foydalanib, 1 avgustdan boshlab Dushanbe va Istanbul o‘rtasidagi reyslar chastotasini haftasiga 3 martadan 5 martagacha oshiradi.

Biroq, o‘zgartirishlar barcha yo‘nalishlarga tegishli emas. Hujjatda aytilishicha, ilgari Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan belgilangan 18 ta yo‘nalish bo‘yicha avvalgi tartibga solish tartibi uch yil davomida saqlanib qoladi. Shundan so‘ng cheklovlar olib tashlanishi istisnosiz barcha reyslarga tatbiq etiladi.

“Ochiq osmon” rejimi respublika poytaxti, shuningdek, boshqa shaharlar: Xo‘jand, Ko‘lob va Boxtar xalqaro aeroportlariga tatbiq etiladi.

Fuqaro aviatsiyasi agentligiga barcha manfaatdor shaxslarning uchinchi va to‘rtinchi erkinlik darajasi doirasida havo hududiga kirishini ta’minlash, shuningdek, xorijiy kompaniyalar uchun to‘siqlarni izchil olib tashlash topshirildi. Qabul qilingan o‘zgartirishlar fonida monopoliyaga qarshi tuzilmalar, havo harakatini boshqarish korxonalari va aeroport rahbariyati yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tegishli xizmatlar tariflarini pasaytirish va infratuzilmani rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Mutaxassislarning fikricha, Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatining joriy etilishi transport bozorida raqobat uchun qulay shart-sharoit yaratadi, bu esa o‘z navbatida chiptalar narxining arzonlashishiga va fuqaro aviatsiyasi sohasiga qo‘shimcha sarmoya jalb etilishiga olib keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:23

    'AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:23

    AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda

    Tramp ma’muriyati Eronning uranni boyitish va yadroviy qurol yaratishdan voz kechishga chaqirgan.

    'Yaponiyada “Twitter qotili” qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:12

    Yaponiyada “Twitter qotili” qatl etildi

    To‘qqiz ayolni o‘ldirgan Takahiro Shiraishi jazodan qocholmadi.

    'Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:27

    Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi

    Biroq mazkur tavsiya hali yakuniy qaror emas — Davlat departamenti unga e’tiroz bildirishi mumkin.

    'Ekvadorda uch yoshli qiz otasining “narkobaron” ekanini fosh etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:24

    Ekvadorda uch yoshli qiz otasining “narkobaron” ekanini fosh etdi

    Buning ortidan mamlakatda 17 oylik qidiruv o‘z yakunini topgan.

    'Tramp Zelenskiy bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:21

    Tramp Zelenskiy bilan nimani muhokama qildi?

    Qo‘shma shtatlar yetakchisi Ukraina rahbari bilan samimiy suhbat olib borganidan xursandligini ta’kidladi.