AsosiyDunyo

Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi

Bundan tashqari, 250 ming kishi jang maydonida halok bo‘lgan.

'Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi'ning rasmi

NATO hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlari bir million kishidan oshgan. Bu haqda Germaniyaning DW nashri NATO sammiti doirasida Gaagada o‘tkazilgan brifingda ittifoqning yuqori martabali rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu raqamdan kamida 250 ming kishi jang maydonida halok bo‘lgan. NATO vakilining aytishicha, iqtisodiy salohiyat nuqtayi nazaridan Rossiya urushni kamida 2027 yilgacha davom ettira oladi.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Gaaagadagi sammit oldidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan brifingda Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam davom etishini bildirgan. Unga ko‘ra, 2024 yilda ittifoqdoshlar Ukraina xavfsizligi uchun 35 milliard yevroga yaqin yordam va’da qilgan.

— Biz qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ko‘ramizki, tinchlik o‘rnatilgach, Ukraina shunchalik mustahkam bo‘lsinki, Vladimir Vladimirovich Putin boshqa hech qachon uning bir qarich hududiga ham da’vogarlik qilolmasin, — deydi Ryutte.

Zelenskiy esa o‘z navbatida NATO va Yevropa ittifoqining Ukrainaga nisbatan birdamligi muhim ekanini ta’kidladi.

— Siz bu birlikni Ukraina atrofida ko‘rib turibsiz. Bu birlik bizni kuchaytiradi, bizga qarshilik ko‘rsatishda quvvat beradi, — deydi Ukraina Prezidenti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron MAGATЕ bilan hamkorlikni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:10

    Eron MAGATЕ bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Eron parlamenti xalqaro bosimlarga qarshi keskin qaror qabul qildi.

    'Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:20

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Uning noqonuniy daromadlari davlat xazinasiga olib qo‘yilgan.

    'Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:47

    Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi

    Hodisa oqibatida og‘ir jarohatlar olgan qamoqxona qo‘riqchisi hayotdan ko‘z yumgan.

    'Rossiya Ukrainaga ballistik zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:47

    Rossiya Ukrainaga ballistik zarba berdi

    Dneprda kamida 9 kishi, Dnepropetrovsk viloyatining Samara shahrida yana ikki kishi halok bo‘ldi.

    'Eron generali AQSH va Isroilga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:30

    Eron generali AQSH va Isroilga ogohlantirish berdi

    U “Sulhni buzsangiz, javobi kutilganidan og‘ir bo‘ladi”, deya ta’kidlagan.

    '“Rejim almashishi” – Eron uchun xavfmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:52

    “Rejim almashishi” – Eron uchun xavfmi?

    Eronda hokimiyatga “Islom inqilobi muhofizlari korpusi” kabi kuchlar kelishi mumkin.