AsosiyDunyo

AQSH Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin

AQSHning texnologik ustunligi Yevropa suverenitetiga tahdid solmoqda.

'AQSH Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin'ning rasmi

Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqiga qarshi keskin choralarni ko‘rishi, xususan, uni internet aloqasidan mahrum qilishi mumkin. Bunga sabab sifatida Yevropaning raqamli infratuzilmasi AQSH kompaniyalariga kuchli darajada qaram bo‘lib qolganligi ko‘rsatilmoqda, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Yevropadagi tartibga solish masalalari bo‘yicha tahlil markazi rahbari Zak Mers bu borada shunday deydi: “Oldin bunday fikr absurd tuyulardi. Ammo bugun Tramp kabi lider internetni o‘chirib qo‘yishni yoki Yevropa iqtisodiga jiddiy zarar yetkazishni buyurishi mumkinligi real ssenariyga aylangan”.

Avstriyaning “Anexia” xizmatlar kompaniyasi rahbari Aleksandr Vindbichler ham Yevropa IT sohasi vakillarini Amerikaga haddan tashqari texnologik qaramlikdan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Uning aytishicha, Yevropa raqamli xavfsizlik va suverenitetdan ko‘ra raqobatbardoshlikka e’tibor qaratgani oqibatida hozirda zaif pozitsiyada qolmoqda.

Politiso nashri qayd etishicha, Yevropa IT infratuzilmasida AQSHning yetakchi xizmatlari — Amazon Web Services, Microsoft Azure va Google Cloud — bozorning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini egallagan. Sun’iy intellekt sohasida ham Yevropa AQSHdan ancha ortda qolmoqda, mikrochiplar ishlab chiqarishda esa uning global ulushi 10 foizdan kam.

Shu sababli Yevropa endi raqamli mustaqillik va texnologik xavfsizlik masalalarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, AQSH bilan raqamli hamkorlikni saqlab qolish ham asosiy strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar