AsosiyJamiyat

Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025 yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

'Toshkent do‘konlarida qaysi mahsulotlar eng ko‘p arzonlashdi va qimmatlashdi'ning rasmi

Monitoring natijalari 9 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, oqbosh karamning minimal narxi 64,2 foiz, pomidorniki 44,7 foiz, bodringniki 36,5 foiz, lavlaginiki 21,5 foiz, bananniki 13,0 foiz, olmaniki 8,4 foiz, guruchniki 7,3 foiz, mol go‘shtiniki (file) 6,3 foiz, kartoshkaniki 6,0 foiz pasaygan. 

6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, limon narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

6 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular -  bug‘doy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin, kungaboqar yog‘i.

(Tahlil 2025 yil 7 may va 12 iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan.)

    Boshqa yangiliklar