AsosiyJamiyat

Prezident Kumushkon mahallasidagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi

Ushbu mehmon uyi yiliga 2 mingdan ziyod sayyohga xizmat ko‘rsatadi.

'Prezident Kumushkon mahallasidagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Parkent tumanidagi Kumushkon mahallasida bo‘lib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi. Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu sohaga ko‘plab imtiyozlar berilib, tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Turizm qishloqlarida zarur infratuzilma tashkil etilyapti. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonida mehmon uyi ochganlar talaygina.

Oxirgi yillarda Kumushkonga sayyohlar kelishi ko‘paygan. Bugungi kunda saksondan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shunday tadbirkorlardan biri Olim Yusubov soy bo‘yidagi hovlisida 48 o‘rinli mehmon uyi ochgan. Xonalar milliy uslubda, shinam qilib jihozlangan. Mehmon uyi yiliga 2 mingdan ziyod sayyohga xizmat ko‘rsatadi.

Prezidentimiz bu yerdagi obodlik va omilkorlikni ko‘rib, shunday loyihalarni boshqa so‘lim maskanlarda ham tashkil etish kerakligini ta’kidladi. Tadbirkorlarga zarur mablag‘ ajratib, qo‘shimcha xizmatlar tashkil etishiga ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi. Mahallalarda ichki imkoniyatlarni yuzaga chiqarish aholini band qilishda katta manba ekani qayd etildi.

Bu joylarga sayyohlar so‘lim manzaralardan bahramand bo‘lish uchun keladi. Shuningdek, Masjidali ziyoratgohi ham diqqatga sazovor joylardan biri.

Toshkent viloyatida mingga yaqin shunday mehmon uylari bor. Ularda 2 ming 500 ta ish o‘rni yaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:20

    Prezident “Oltin bel” cho‘qqisidagi dam olish maskani bilan tanishdi

    Xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi.

    'Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:39

    Bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

    Mutaxassislar barcha yoshlik paytda o‘zining kelgusidagi pensiyasi haqida qayg‘urishi, bu davrga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi lozimligini qayd etishmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:22

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:45

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:51

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.