AsosiySalomatlik

Konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanish immunitetni zaiflashtirishi mumkin

Jazirama kunlarda konditsioner ko‘pchilik uchun najotdek tuyuladi. Biroq aksariyat kishilar uni ishlatishdan ehtiyot bo‘ladi — ayniqsa shamollashdan qo‘rqadi.

'Konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanish immunitetni zaiflashtirishi mumkin'ning rasmi

Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor Svetlana Burnatskayaning ta’kidlashicha, bu ehtiyotkorlik bekor emas. U konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanish orqali immunitet susayishi va infeksiyalarga moyillik ortadiganini ma’lum qildi.

Immunitet nega zaiflashadi?


Shamollash — bu oddiy so‘z bilan aytilganda, viruslar va bakteriyalar sabab bo‘ladigan o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI)dir. Konditsioner havoni kuchli quritishi natijasida shilliq pardalarning tabiiy namligi yo‘qoladi, bu esa organizmning tashqi infeksiyalarga qarshi himoya mexanizmlarini susaytiradi.

Shuningdek, konditsionerning havo oqimi to‘g‘ridan to‘g‘ri inson tanasiga qaratilsa, bu sovuq qotish, miozit (mushak yallig‘lanishi) yoki nevralgiyaga (asab og‘rig‘i) olib kelishi mumkin. Agar konditsioner filtrlari o‘z vaqtida tozalanmasa, ular orqali chang, allergen va hatto bakteriyalar tarqaladi. Yopiq xonalarda shamollatishsiz ishlatilsa, bu dimlik va havo sifatining yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, xona va tashqi muhit o‘rtasidagi harorat farqi 7–10 darajadan oshsa, bu immunitet uchun stressga aylanadi.

Qanday hollarda xavf yuqori bo‘ladi?

Mutaxassis surunkali kasalliklari borlar, zararli odatlarga ega insonlar, uyqusizlik va doimiy stressga duchor bo‘ladiganlar, allergiklar va O‘RVIga moyil shaxslarda konditsionerning zarari yanada kuchli bo‘lishini ta’kidladi.

Qanday foydalanish xavfsiz?

Shifokor konditsionerdan foydalanishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni maslahat beradi:

Xonani 22–25°C darajada sovitish,

Ko‘chadagi haroratdan farq 7–10°C dan oshmasligi,

Havo oqimini to‘g‘ridan to‘g‘ri odamga emas, yuqoriga yoki yonboshga yo‘naltirish,

Namlikni saqlash uchun havo namlagichlardan foydalanish,

Filtrlarni muntazam yuvib tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish,

Konditsionerni oldindan, o‘rtacha quvvatda yoqib qo‘yish,

Honada majburiy shamollatishni unutmaslik.

Agar shamollab qolsangiz...


Agar konditsionerdan foydalanish ortidan shamollash belgilari (burun oqishi, yo‘tal, bo‘g‘in og‘rig‘i, isitma) paydo bo‘lsa, shifokor shunday choralarni tavsiya qiladi:

Ko‘p miqdorda suv ichish,

Burunni yuvish,

Isitma tushiruvchi vositalardan foydalanish.

Agar holat 3–4 kun davom etsa, tana harorati 38,5°C dan yuqori bo‘lib, ikki kundan ziyod tursa, bosh og‘rig‘i, mushak simillashi, hansirash, ko‘krak og‘rig‘i yoki yiringli chiqindilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07