AsosiyDunyo

Tramp Isroil rejasiga veto qo‘ydi

Buning ortidan Eron rahbariyati Isroilning hujumidan saqlanib qoldi.

'Tramp Isroil rejasiga veto qo‘ydi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi mo‘ljallangan Isroil rejasiga rad javobini bergani haqida kecha, 15 iyun kuni “Reuters” ikki yuqori martabali AQSH rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati: “Eron hozircha biror amerikalikni o‘ldirmagan ekan, biz siyosiy rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmaymiz”, degan pozitsiyada qolgan.

Mazkur xabar fonida Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Tzaxi Xanegbi “Reuters”ning ushbu e’lonini “soxta yangilik” deb atadi.

Shuningdek, “The Wall Street Journal”manbasiga ko‘ra, Isroil rasmiylaridan biri “Ali Xomanaiy hujumdan sug‘urtalanmagan”, deb bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi keskinlik yadro obyektlari va dron hujumlari sababli yuksalgan edi.

    Boshqa yangiliklar