Joriy yilning 25-may kuni Namangan viloyatida “Nexia-3” avtomashinasi daraxtga urilib, yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 25-may kuni soat 20:49larda Namangan shahar “Yangi asr” MFY hududidan o‘tgan “4R-112” avtomobil yo‘lining 87 km.da yuz bergan.
Shu yo‘nalishda “Neksiya-3” avtomashinasida harakatlangan Namangan shahar “Alpomish” MFY xonadonlarning birida yashaydigan 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro mashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketgan. Va archa daraxtiga urilgan.
So‘ng mashinada yong‘in yuzaga kelgan. Buning ortidan esa mashina boshqaruvida bo‘lgan fuqaro halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha kechki soat 21-03 da yong‘in qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, soat 21-05 da yong‘in qutqaruvchi va fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan.
YTH oqibatida, avtomashina to‘liq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.