AsosiySiyosat

O‘zbekiston yetakchisi Lyublyanaga nega ketdi?

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Sloveniya rahbari bilan muzokara o‘tkazadi.

'O‘zbekiston yetakchisi Lyublyanaga nega ketdi?'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, samolyot oldida davlatimiz rahbarini Bosh vazir o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xorijda o‘zbek milliy taomlari restorani ochadiganlarga xarajatning bir qismi qoplab beriladi'ning rasmi

    Siyosat 21.05.2025 15:38

    Xorijda o‘zbek milliy taomlari restorani ochadiganlarga xarajatning bir qismi qoplab beriladi

    Xarajatlarning 50 foizi, biroq 25 ming dollardan oshmagan miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

    'O‘zbekistonliklarga AQSH vizasi talablari yengillashtirildimi?'ning rasmi

    Siyosat 21.05.2025 10:39

    O‘zbekistonliklarga AQSH vizasi talablari yengillashtirildimi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklar AQSHga kirishi uchun viza talablarini yengillashtirish choralarini ko‘rishni topshirdi.

    'Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 16:44

    Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Davlatimiz rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishladi.

    'Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 15:36

    Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi

    Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, xususan, yuk tashishni ko‘paytirish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

    'Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 14:20

    Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirildi

    Ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutildi.

    'Shavkat Mirziyoyev nega Vengriyaga jo’nab ketdi?'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 06:36

    Shavkat Mirziyoyev nega Vengriyaga jo’nab ketdi?

    Bildirilishicha, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga bionan davlatga tashrif buyurgan.