AsosiySiyosat

Prezident Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi

Kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

'Prezident Vengriya va Sloveniyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

19-22 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni Budapeshtga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mamlakatimiz rahbari 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Seyhel o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi'ning rasmi

    Siyosat 02.05.2026 05:57

    O‘zbekiston va Seyhel o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    O'zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel TIV va diaspora vaziri Barri Foro bilan uchrashdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 30.04.2026 09:54

    'Chexiya Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi'ning rasmi

    Siyosat 30.04.2026 07:01

    Chexiya Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

    Toshkentda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Andrey Babish uchun oliy darajadagi kutib olish marosimi o‘tkazildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aeroportini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 29.04.2026 03:01

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona aeroportini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi

    Farg'ona viloyatiga tashrif doirasida davlat rahbari Farg'ona xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish konsepsiyasi taqdim etildi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 28.04.2026 15:06

    'Prezident Farg‘onadagi IT-parkning shart-sharoitlari bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 28.04.2026 10:20

    Prezident Farg‘onadagi IT-parkning shart-sharoitlari bilan tanishdi

    Eslatib o‘tamiz, ushbu majmua davlat rahbarining 2024 yil avgust oyidagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida barpo etilgan.