AsosiyJamiyat

“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari qayta ko‘rib chiqiladi

Bu haqda Prezident topshirig‘iga asosan qabul qilingan Hukumat qarorida belgilangan.

'“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari qayta ko‘rib chiqiladi'ning rasmi

“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuqtayi nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Bu haqda Prezident topshirig‘iga asosan qabul qilingan Hukumat qarorida belgilangan.

Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi, ularning amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilari o‘rnatiladi.

Qaror bilan shu belgilarda ko‘rsatilgan amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda to‘xtab turishiga ruxsat berildi. Masalan, "To‘xtab turish taqiqlangan" belgisining tagida amal qilish vaqti soat "7.00 - 21.00" deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21.00 dan 7.00 ga qadar bemalol to‘xtab turishlari mumkin bo‘ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda plastik kartadan 100 mlnga yaqin pul o‘g‘irlagan yigit qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:09

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    17 may kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 18:55

    Yengil huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlarga ogohlantirish beriladi

    Ma’muriy jazolar tizimiga yangi – “ma’muriy ogohlantirish” ta’sir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

    '“Stop” belgilari boshqariluvchi sfetoforlarga almashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 18:10

    “Stop” belgilari boshqariluvchi sfetoforlarga almashtiriladi

    Prezidentimiz topshirig‘iga asosan haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda.

    '1 iyundan radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 16:56

    1 iyundan radarlar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydi

    To‘xtash chizig‘i – “stop-liniya” bundan mustasno.

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 16.05.2025 16:02

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.