Meksikada TikTok orqali mashhur bo‘lgan “makiyajchi” bloger Valeria Marquez o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jonli efir qilayotganida o‘ldirib ketildi. Bu haqda “CNN Turk” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Hodisa Zapopan shahridagi go‘zallik salonida sodir bo‘lgan. Voqea Marquez TikTok’da jonli efir qilayotganida yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan tasvirda jonli efirda kimdir unga “kimdir kelayotganini” aytgani tasvirlangan. Shundan so‘ng noma’lum shaxslar unga qarata o‘q uzgan. Marquez shu vaqtning o‘zida halok bo‘lgan, telefonda esa efir davom etgan.
Keyinroq qotillardan biri telefonni olib, jonli efirni to‘xtatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Marquez jonli efir boshlaganda kimdir unga qimmatbaho sovg‘a topshirganini aytgan, lekin bloger bu odamni bilishni kutmasligini aytgan.
Ushbu qotillik yuzasidan “Jalisco shtati” prokuraturasi jinoyat tergov boshlanganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Instagram va TikTok’da taxminan 200 ming obunachiga ega bo‘lgan Marquez “makiyaj qilish” bo‘yicha kontentlar orqali mashhurlikka erishgan.