AsosiyJamiyat

Navoiyda hujjatlarda erkak sifatida qayd ayol aniqlandi

Ayol erkak sifatida qayd etilganini pensiya yoshiga yetganda bilgan.

'Navoiyda hujjatlarda erkak sifatida qayd ayol aniqlandi'ning rasmi

Qiziltepa tumanida yashovchi Erkinoy Tilavovaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga ismi Erkin Tilavov hamda jinsi erkak sifatida yozilgan. Ayol pensiyaga chiqish paytida ushbu xatolik tufayli muammoga duch kelgan.

Qiziltepa tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Marusa Nosirova xato “metrika” bilan fuqarolik pasporti ham olinganini bildirgan.

Biz elektron tizim va Erkinoy Tilavova qo‘lidagi hujjatlarni taqqoslab ko‘rganimizda fuqaroning tug‘ilish dalolatnoma yozuvlarida erkak jinsli farzand tug‘ilgani, familiyasi Tilavov va ismi Erkin ekani to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgani aniqlandi. Hujjatga ota-onaning o‘zlari tuzatish kiritib qo‘yishgan va bu bilan fuqarolik pasporti olingan. Bugungi kunda elektron tizim bo‘lgani sababli muammoga duch kelishgan”, degan Marusa Nosirova.

Holat yuzasidan Qiziltepa tumani Adliya bo‘limi tomonidan FHDYO hamkorligida sudga fuqarolik faktini belgilash bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Internetdagi erkinlik va mas’uliyat'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:08

    Internetdagi erkinlik va mas’uliyat

    Huquqlar va majburiyatlarni aniq belgilash vaqti keldi.

    'O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumida 45 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:54

    O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes-forumida 45 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

    Afg‘oniston o‘z tadbirkorlariga yaratilayotgan imtiyozlar uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

    '“Botanika” turar joy majmuasi qurilishi to‘xtatiladigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:32

    'Deportatsiya qilinganlarni qaytarish xarajatlari undiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:59

    Deportatsiya qilinganlarni qaytarish xarajatlari undiriladi

    Hukumat qaroriga ko‘ra, xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga ta’sir choralari qo‘llanadi.

    '“Haj – 2025” mavsumi boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:11

    “Haj – 2025” mavsumi boshlandi

    Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga yo‘l oldilar

    'Navoiyda maktab direktori ikki nafar o‘quvchini o‘lasi qilib kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:15

    Navoiyda maktab direktori ikki nafar o‘quvchini o‘lasi qilib kaltakladi

    Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.