AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 3,1 magnituli zilzila sodir bo‘ldi

Epimarkazda zilzilaning sezilish kuchi 4 ballni tashkil etgan.

'O‘zbekistonda 3,1 magnituli zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 11 may kuni Toshkent vaqti bilan 03:03 da Namangan va Andijon viloyatida 3,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: 

Paxtaobod tumani 2-3 ball, 15 km; 

Izboskan tumani 2 ball, 20 km; 

Uchqo‘rg‘on tumani 2 ball, 21 km. 

Ma’lum qilinishicha, epimarkazda sezilish kuchi: 4 ballni tashkil etgan.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda joylashgan.

Magnituda: 3,1. Chuqurligi: 5 km. Epimarkaz: Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod.

    Boshqa yangiliklar