AsosiyJamiyat

Jizzaxda odamlarni Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Firibgar bu xizmatini 200 mln so‘mga "baholagan".

'Jizzaxda odamlarni Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni aldagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B.Q. Zarbdor tumanidan bo‘lgan A.A.D.ni go‘yoki Meksika orqali AQSHga ishga jo‘natish bahonasida aldab, undan jami 200 million so‘m (shu jumladan, 11 200 AQSH dollari va 50 mln so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar