AsosiyJamiyat

Toshkentda 9 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi 4 yilga qamaldi

Qizcha hodisa oqibatida vafot etgan.

'Toshkentda 9 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi 4 yilga qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.A. BYD avtomashinasida harakatlanib ketayotib 9 yoshli qizni urib yuborgani, voqea natijasida esa piyoda vafot etgani haqida xabar qilgandik. 

Milliy informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa JIB Sergeli tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmi bilan haydovchiga nisbatan 2 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan. 

"60-65 km/soat tezlikda kelayotgandim. Qizcha birdaniga yugurib chiqdi", - deydi haydovchi.

    Boshqa yangiliklar