AsosiyDunyo

Eski kosmik apparat O‘zbekiston hududiga qulab tushishi ham mumkin

1972 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Veneraga yuborilgan "Kosmos-482" nomli kosmik apparat Yer atmosferasiga nazoratsiz kirib kelishi kutilmoqda.

'Eski kosmik apparat O‘zbekiston hududiga qulab tushishi ham mumkin'ning rasmi

1972 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Veneraga yuborilgan «Kosmos-482» nomli kosmik apparat Yer atmosferasiga nazoratsiz kirib kelishi kutilmoqda. Bu apparat 53 yil davomida orbitada bo‘lib, endi esa Yerga qaytish arafasida turibdi.

«Kosmos-482» dastlab Veneraga qo‘nish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning uchirilishidagi muharrik nosozligi tufayli Yer orbitasida qolib ketgan. Apparatning asosiy qismi yillar davomida atmosferaga kirib, yonib ketgan bo‘lsa-da, uning titandan yasalgan mustahkam qo‘nish moduli hozirgacha butun holda qolgan.
Apparatning Yerga qulashi 9-11 may kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Uning O‘zbekiston hududiga tushish ehtimoli esa 0,3-0,5 foiz oralig‘ida baholanmoqda.

Kosmik kemaning bo‘laklari topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar berish va hech qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bo‘lmaslik tavsiya etildi. Ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘nish modulining og‘irligi taxminan 500 kg bo‘lib, uning mustahkamligi tufayli atmosferada yonib ketmasdan Yerga yetib kelish ehtimoli bor. Bu modul soatiga 242 km tezlikda Yerga tushishi mumkin.

Qaysi joyga tushishi aniq emas, lekin u 52° shimoliy va 52° janubiy kengliklar oralig‘idagi hududlarga tushishi mumkin. Bu hududlar orasida O‘zbekiston ham bor. Shu bois, mamlakatimizdagi fuqarolar ehtiyotkor bo‘lishlari va rasmiy idoralardan keladigan ma’lumotlarga diqqat qilishlari tavsiya etiladi.


Astronomlar bu voqeani osmonda yorug‘ va sekin harakatlanuvchi meteorga o‘xshash holda kuzatish mumkinligini aytishmoqda. Agar apparatning qoldiqlari Yerga yetib kelsa, ularni topish va o‘rganish orqali kosmik apparatlarning uzoq muddatli ta’sirlarini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.


Hozirda NASA va Yevropa kosmik agentligi (ESA) kabi xalqaro tashkilotlar apparatning harakatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan jamoatchilikka xabar beriladi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:55

    Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

    Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.

    'Rossiyaliklar Berlinning urush tugaganiga 80 yil to‘lishi marosimiga taklif qilinmadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:00

    Rossiyaliklar Berlinning urush tugaganiga 80 yil to‘lishi marosimiga taklif qilinmadi

    Berlin shahrida Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan katta tadbir o‘tkazilgan.

    'AQSH bilan Ukraina o‘rtasidagi kelishuv urushga qanday ta’sir qilmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:41

    AQSH bilan Ukraina o‘rtasidagi kelishuv urushga qanday ta’sir qilmoqda?

    Yevrosiyo geosiyosatining so‘nggi sahifalari yana Ukraina ustidan burildi.

    'Tramp AQShda 8-mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:28

    Tramp AQShda 8-mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi

    Trampning aytishicha, agar Amerika askarlari bo‘lmaganida, urushda g‘alaba qozonishning iloji yo‘q bo‘lgan.

    'Rossiya 9 maydagi ehtimoliy hujumga keskin javob berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 07.05.2025 22:25

    Rossiya 9 maydagi ehtimoliy hujumga keskin javob berishi mumkin

    Agar Moskva nishonga olinsa, Rossiya Kiyevga «Oreshnik» quroli bilan javob berishi mumkin.

    'Shifokorlar orqa miyadagi o‘simtani ko‘z orqali olib tashlashga erishdi'ning rasmi

    Dunyo 07.05.2025 17:43

    Shifokorlar orqa miyadagi o‘simtani ko‘z orqali olib tashlashga erishdi

    Ushbu murakkab va hayot uchun xavfli operatsiya qariyb 18 soat davom etdi.