Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uch oyda jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Qirg‘iz Resp. – 631 240 nafar
Tojikiston – 281 539 nafar
Qozog‘iston – 240 644 nafar
Saudiya Arabistoni – 112 274 nafar
Rossiya – 69 065 nafar
Turkiya – 46 566 nafar
BAA – 44 796 nafar
Misr – 16 689 nafar
Tailand – 13 456 nafar
Vetnam – 9 574 nafar
Boshqa davlatlar – 53 704 nafar