AsosiyJamiyat

Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi

Davlat rahbari “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

'Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari yurtimizda ishlab chiqarilayotgan vagonlar va Urganch-Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda 465 kilometrlik “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘li elektrlashtirilib, himoya to‘siqlari o‘rnatildi va zarur inshootlar qurilgan. Bu yo‘nalish uchun Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan “Jaloliddin Manguberdi” nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladi. 

Natijada yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Hozirda Toshkentdan Xivaga 14 soatda yetib boradigan poyezd mazkur yo‘nalishda harakatga qo‘yiladigan elektropoyezd imkoniyatlari tufayli 7 soat 40 daqiqada yetib boradi. 

Shuningdek, yuk poyezdlari o‘tkazuvchanligi qariyb 6 million tonnaga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich 1 million tonna. 

Prezidentimizning 2023 yil 10 oktyabrdagi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish to‘g‘risidagi qarori asosida vagonsozlik tarmog‘i ham mustahkamlanmoqda. Jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 million dollari yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish uchun yo‘naltirilgan. Joriy yil birinchi chorakda dastlabki 10 ta yo‘lovchi vagoni qurib bitkazildi.

Davlatimiz rahbari ulardagi qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. 

Kelgusi ikki yilda yo‘lovchi vagonlari soni 70 taga ko‘paytirilib, eski turdagilaridan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Natijada yiliga bir million nafardan ortiq qo‘shimcha yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Prezident ushbu yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi. Yo‘l bo‘ylab joylardagi obodonchilik, dala chetlarida ekilgan ko‘chatlarni kuzatib bordi. 

Viloyatda o‘tgan yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 10 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Yirik sanoat korxonalari tomonidan “yashil belbog‘”lar barpo etilgan. 

Bu yil erta bahorda ham ziroatchilik ko‘lami kengaydi. Viloyatdagi 1 ming 100 gektardan ziyod dala chetlari va kanallar atrofidagi maydonlarga daromadli mahsulotlar ekildi. Ularni kafolatli xarid qilishga tadbirkorlar biriktirilgan. “Agroko‘makchi” mobil ilovasi orqali dala chetlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka yetkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.

    'Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 19:38

    Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda

    Prezident viloyatda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 08:58

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    FVV hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini yozmoqda.

    'Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 22:32

    Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

    Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

    'Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 21:56

    Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi

    Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    'Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 20:44

    Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi

    Universitetda matematika, informatika, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi hamda sun’iy intellekt fakultetlari bo‘ladi.