Istanbulda 1 may - Xalqaro mehnat kuni munosabati bilan o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida politsiya kamida 400 kishini, jumladan 10 nafar advokatni hibsga oldi.
Ma’muriyat Taqsim maydonida mitingni o‘tkazishni taqiqlaganiga qaramay, ishtirokchilar Beshiktosh va Shisli tumanlarida to‘planib, politsiya to‘siqlarini buzib o‘tishga harakat qilishgan. Shahar ma’muriyati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va shahar markazida transport harakatini chekladi. Namoyishga tayyorgarlik ko‘rgan 100 kishi hibsga olingan. Ular orasida 10 nafar huquqshunos va advokatlar ham bor. Namoyishchilar ijtimoiy-iqtisodiy va diniy talablar, jumladan, eng kam ish haqini oshirish va daromad solig‘ini bekor qilish talablarini ilgari surishgan.
Namoyishlarni Turkiyaning yetakchi kasaba uyushmalari. Ular Taqsim maydonini mehnatkashlar uchun maqbul joy deb hisoblab, aynan shu yerda yig‘ilish huquqini talab qilishdi. Kasaba uyushmalari rahbarlaridan biri, bosh kotib Arzu Cherkezog‘lu: "Biz bu maydondan voz kechmaymiz", — deb ta’kidladi.
Turkiya Konstitutsiyaviy sudi 2023 yilda Taksim maydonida yig‘ilishni taqiqlash inson huquqlarini buzish ekanini e’lon qilgan bo‘lsa-da, hukumat bu qarorni inobatga olmadi. Politsiyaning kuch ishlatishi va ommaviy hibslar inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro jamoatchilik tomonidan tanqid qilindi.
Namoyishlar shuningdek, Istanbul shahar hokimi Ekrem Imamog‘luning mart oyida hibsga olinishiga qarshi norozilik sifatida ham o‘tkazildi. Imamog‘lu prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi sifatida ko‘riladi .
1 may kuni Turkiyaning boshqa shaharlarida, jumladan, Anqarada ham tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Biroq, Istanbuldagi voqealar mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy keskinlikni yanada kuchaytirdi.
Abdulloh Sayyid