AQSH va Hindiston mudofaa vazirlari telefon orqali Kashmirdagi terakt va Nyu-Dehli va Islomobod o‘rtasidagi keskinlikni muhokama qildi. Xegset AQSHning Hindiston bilan birdamligini bildirdi va o‘zini himoya qilish huquqini yana bir bor tasdiqladi. U, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda Vashington Hindistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi. Hindiston Mudofaa vazirligi X izhtimoiy tizimida shu xaqiqatda post qoldirgan.
Avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Hindiston tashqi ishlar vaziri Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.
Rubio terrorchilikka qarshi kurashda Vashingtonning Nyu-Dehli bilan hamkorlik qilish majburiyatini yana bir bor ta’kidladi va Hindistonni Pokiston bilan taranglikni kamaytirish, Janubiy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun hamkorlik qilishga chaqirdi.
Abdulloh Sayyid