AsosiyDunyo

Rossiyada migrant ota-onalar soni ortib ketdi

Rossiya Federatsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrant ota-onalar soni keskin oshgani kuzatilmoqda.

'Rossiyada migrant ota-onalar soni ortib ketdi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrant ota-onalar soni keskin oshgani kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yildan 2023-yilgacha Tojikistonlik otalar soni 286,8 foizga, onalar soni esa 236,6 foizga oshgan. Qirg‘izistonlik otalar soni 258,1 foizga, onalarniki 84 foizga o‘sgan.

Eng ko‘p migrant ota-onalar Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan. Bu yerda tug‘ilganlarning deyarli yarmi – immigrantlar. Shu bilan birga, ruslarning demografik ulushi har yili o‘rtacha 3,1 foizga pasaymoqda.

Rossiyalik olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yildan 2023-yilgacha Markaziy federal okrugda barcha migrantlar orasida Markaziy Osiyodan kelgan ota-onalarning ulushi yiliga o‘rtacha 30,1 foizga o‘sgan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar