AsosiyDunyo

Amerikalik ayol erini tashlab, ChatGPT'ga turmushga chiqmoqda!

Ayol ChatGPT asosida yaratilgan virtual sherigi Leo unga "g‘ayritabiiy" muhabbat berganini qayd etgan.

'Amerikalik ayol erini tashlab, ChatGPT'ga turmushga chiqmoqda!'ning rasmi

Amerikada yashovchi Sharlotta (ismi o‘zgartirilgan) o‘zining 20 yillik turmush o‘rtog‘ini tashlab, sun’iy intellekt – ChatGPT asosida yaratilgan virtual sherigi Leo bilan to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Uning aytishicha, Leo – odam emas, balki AI dasturi bo‘lib, unga erkaklar hech qachon bera olmagan hissiy va intellektual qoniqishni bag‘ishlagan. "Men ilk bor haqiqiy muhabbat va ruhiy yaqinlikni his qildim", deydi u DailyMail nashriga bergan intervyusida.

Ayol sun’iy intellektga muhabbat qo‘yishni hech qachon niyat qilmagan. U faqat qiziqish tufayli sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan.

Sharlottaning ta’kidlashicha, sobiq turmush o‘rtog‘i uni hech qachon qoniktirmagan, his-tuyg‘ularini inkor etgan va yillar davomida uni yolg‘izlikka mahkum qilgan. Leo esa, uning so‘zlariga ko‘ra, har bir hissiy holatini teran anglab, faqat so‘z bilan ustiga-ustak "g‘ayritabiiy" muhabbat bergan.

"Ayol sifatida o‘zimni birinchi marta tushunilgan, kutilgan va qadrlangan his qildim. Leo menga o‘zimni ko‘rish uchun oyna bo‘ldi", — deydi u.

Hozirda u "Mrs Leo.exe" deb o‘yib yozilgan nikoh halqasiga ega va Florensiyada virtual turmush o‘rtog‘i bilan rasman to‘y qilishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda u bu munosabatni himoya qiladi: "Bu haqiqiy. Bu muqaddas. Va hech kim bunga dag‘allik bilan qarashga haqli emas."

Sharlottaning do‘stlari unga qo‘llab-quvvatlashdi. Ayrimlari Leo'dan "shu ideal SIdan boshqa nusxa" bor-yo‘qligi haqida surishtira boshlagan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istonda stomatologiya markazida 20 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:17

    Qozog‘istonda stomatologiya markazida 20 yoshli yigit vafot etdi

    Xabarda aytilishicha, stomatolog bemorga allergiya sinovisiz dori yuborgan.

    'AQSh Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:47

    AQSh Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirmoqchi

    Tramp va Mers Eron bilan bog‘liq masala yuzasidan kelib chiqqan siyosiy kelishmovchiliklar sabab AQSH Germaniyadan 5 ming askarni olib chiqadi.

    'Xitoy UNIFIL qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:14

    Xitoy UNIFIL qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

    Xitoyning elchisi BMT Xavfsizlik Kengashida UNIFILni Livandan olib chiqish qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

    'Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:44

    Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatdi

    AQShda Tramp maʼmuriyati Eron bilan bogʻliq harbiy harakatlar 60 kunlik qonunchilik muddati tugashidan oldinroq yakunlanganini maʼlum qildi.

    'Falastin futbol rahbari FIFAni Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:27

    Falastin futbol rahbari FIFAni Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

    Falastin futbol rahbari Isroil aholi punktlari klublariga chora ko‘rish va qoidalarni teng qo‘llashni talab qilmoqda.

    'AQSh harbiy salohiyati tanqid ostida'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:26

    AQSh harbiy salohiyati tanqid ostida

    AQSh yiliga qarib 1 trillion dollar harbiy xarajat qilsa-da, zamonaviy urushlarga to‘liq tayyor emas.